Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi

14.02.2020, 15:49 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 2455

Bugungi kunda  Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimining har bir bo‘g‘iniga  alohida e’tibor  berilmoqda.  Hususan, oliy ta’lim va o‘rta ta’lim bilan o‘zaro bog‘liqlikni yanada mustahkamlash, o‘qituvchilarga metodik yordam berish, iqtidorli bolalarni aniqlash va ular Prezidentimiz farmoniga ko‘ra ochilgan ijod maktablarida o‘qishini ta’minlash muhim masalalardan biridir. Bu o‘rinda kuni kecha Toshkent farmatsevtika  instituti rektori  vazifasini  bajaruvchi professor Z.A.Yuldashev O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risidagi” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qonunlaridagi ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasiga tegishli bandlari,  2017- 2021 -yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini tubdan takomillashtirish, ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash”ga oid belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil  20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish haqida”gi PQ-2909-son, 2017- yil  27- iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 -yil 5- iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son qarorlari asosida ishlab chiqarish, ilm-fan va ta’lim o‘rtasida integratsiyani chuqurlashtirish, kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash va o‘zaro manfaatli hamkorligini ta’minlash uchun  Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.

Ushbu shartnoma bandlarini bajarish maqsadida  2020- yil 13- fevral kuni Tillar kafedrasi mudiri bir guruh professor-o‘qituvchilar bilan ijod maktabiga tashrif  buyurdi.  Ijod maktabda  Zulfiyaxonim qizlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Maktabning iqtidorli o‘quvchilari Zulfiyaxonim qizlari, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent S.M.Tuychievaga o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berdilar. Uchrashuvdan so‘ng  S.m.Tuychieva  ijod maktabida o‘qiyotgan o‘g‘il bolalar bilan psixologik trening o‘tkazdi.

           

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova