“Qiz bola odobi bilan go’zal” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi

13.02.2020, 16:22 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 4706

2020-yil  12-fevral kuni Toshkent  farmatsevtika institutining 1-sonli talabalar turar joyida “Qiz bola odobi bilan go’zal” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbir Tillar kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etildi. Tadbirda tashrif buyurgan mutaxassislar hamda  tillar kafedrasi mudiri  S.To’ychiyeva yoshlarga  hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda ko’plab fiydali  tavsiyalar berdilar.  Ya’ni:

“Qizga qirq uydan taqiq”, deb bejiz aytilmagan. Ayniqsa, qiz bola tarbiyasi alohida diqqat-e’tibor talab etadi. Qiz bolani risoladagidek tarbiyalash uchun onaning o‘zi to‘g‘ri tarbiya ko‘rgan bo‘lishi lozim. Qizlarimiz hozirjavob, lekin ayrimlari kattalar dilini og‘ritadigan gaplarni oddiy gapdek bemalol aytaveradi. Bunga sabab nima? Hozirgi paytda ota-onaning emas, bolalarning aytgani bo‘lyapti, bu sir emas. Farzandlarimiz aytganlarini ota-onalar ortig‘i bilan bajarishyapti. Natijada ular arzanda bo‘lib ulg‘ayishmoqda. Hayotning achchiq-chuchchuklariga, mushtlariga, to‘siqlariga chiday olmay, yosh oilalar buzilib, tirik yetimlar soni kundan-kunga ortmoqda.

Buning oldini olish uchun  onalar qizlarini turmushga puxta tayyorlashi, ya’ni ro‘zg‘or ilmini, pazandalikni, rasm-rusumlarimizni, urf-odatlarimizni o‘rgatishlari lozimligi haqida yana bir bor ta’kidlandi.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova