Oqsillarni hazm bo‘lishi. Erkin aminokislotalar fondi. Aminokislotalarning oxirgi maxsulotlargacha parchalanishi. Ammiakni zararsizlantirish usullari. Gemproteidlar va nukleoproteidlar sintezi, parchalanishi

30.01.2020, 11:29 Institut yangiliklari, Yangiliklar, Без рубрики 2646

Organik va biologik kimyo kafedrasi katta o`qituvchisi, b.f.n I.Sh.Kucharova va   Biotexnologiya kafedrasi dosenti, t.f.n. A.A.Maxmudovlarning 2020 yil 25 – yanvar soat 1330  da 128 -inchi auditoriyada farmatsiya  fakulteti 3-kurs  2 oqim (303 A, 303 B, 304 A, 304 B) talabalari uchun “Biologik kimyo” fanidan “Oqsillarni hazm bo‘lishi. Erkin aminokislotalar fondi. Aminokislotalarning oxirgi maxsulotlargacha parchalanishi. Ammiakni zararsizlantirish usullari. Gemproteidlar va nukleoproteidlar sintezi, parchalanishi ” mavzusi bo‘yicha ochiq-integratsion ma`ruza bo‘lib o‘tdi. Talabalarga oqsillarni hazm  bo‘lishida  ishtirok etuvchi fermentlar: pepsin, gastriksin, tripsin, ximotripsin, karboksipeptidaza A, B va elostazalarning ta`sir mexanizmlari va ularning olinish texnologiyalari, erkin aminokislotalar fondining kirish va chiqish yo`llari, aminokislotalarning oxirgi maxsulotlargacha parchalanishi: dezaminlanish, transaminlanish,  va dekarboksillanish bosqichlari, ammiakni zararsizlantirish usullari va mochevina hosil bo`lish mexanizmi. Ammiakni zararsizlantirish usullarining eng yuqori 85% jigarda mochevina hosil bo`lishi bilan boradigan jarayon hamda gemproteidlar va nukleoproteidlar sintezi, parchalanishi to`g`risidagi ma`lumotlar to`laq berildi. Talabalar mavzuga doir to`liq ma`lumotlarga ega bo`ldilar va o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

     

Organik va biologik kimyo kafedrasi