Institutning iqtidorli talabalari o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi

28.01.2020, 15:23 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 1764

Toshkent farmatsevtika instituti katta faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida farmatsiya fakulteti 1-kursdan 4-kursgacha bo‘lgan iqtidorli talabalar o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatini iqtidorli yoshlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i F.A.Umarova kirish so‘zi bilan ochib berdi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov hamda Ibn Sino Davlat stipendiyalariga, Talabalar Respublika fan olimpiadalari, an’anaviy “Talabalar ilmiy jamiyati”da faol ishtirok etishlari haqida so‘zladi. Shuningdek, suhbat davomida bo‘lim oldiga qo‘yilgan maqsad va rejalar kelishildi. Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini  berib, qizg‘in munozarali savol-javobda ishtirok etdilar.

    

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova