Toshkent shahar Shayhantohur tumani 254-sonli umumta’lim maktabining o‘qituvchi va o‘quvchilarining Toshkent farmatsevtika institutiga tashrifi

24.01.2020, 16:46 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1976

2020 yil 23 yanvar kuni “Ilm-ezgulik kaliti” mavzusida Toshkent shahar Shayhantohur tumani 254-sonli umumta’lim o‘qituvchi va bir guruh 9-sinf o‘quvchilari uchun tadbir o‘tkazildi. Tadbirni analitik kimyo kafedrasi mudiri, dots. M. Fatxullayeva ochib berdi. Tadbirda institutimiz etuk olimlaridan Dori turlari texnologiyasi kafedrasi professori Z.A. Nazarova, farmatsevtik kimyo kafedrasi professori Q.A. Ubaydullaev va noorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi professori X.R. To‘xtaevlar so‘zga chiqib, mavzuga oid o‘zlari yaratgan maktablari haqida to‘xtaldilar. Tadbirdan so‘ng, analitik kimyo kafedrasida 254-maktab o‘quvchilariga “Uskunaviy tahlil usullari” mavzusida  mahorat darsi o‘tkazildi.

           

Analitik kimyo kafedrasi