“Dori turlari texnologiyasi” kafedrasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazdi.

11.01.2020, 15:53 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1858

2020-yil 11-yanvar kuni “Dori turlari texnologiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 14- yanvar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan  institut faollar zalida tadbir o‘tkazdi. Tadbirni o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor, prof Z.A.Yuldashev  kirish so‘zi bilan ochib berdi. So‘ngra taklif etilgan mehmonlar jumladan, Tibbiyot fanlari nomzodi, tibbiy xizmat polkovnigi Murodov Baxrom Xadyabaevich va Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali boshlig‘ini ilmiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, tibbiy xizmat polkovnigi Abdulaxatov Bahodir Sharifjonovich O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini  tashkil etililishi, Mudofaa vazirligining olib borayotgan faoliyati  haqida to‘xtalib o‘tib, 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bilan barcha talaba yoshlarni tabrikladi.

\      

Dori turlari texnologiyasi kafedrasi

Ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul: M.A. Tashmuxamedova