“Milliy armiya – xalqimiz ishonchi, Vatanimiz qudratidir”

09.01.2020, 14:43 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 2355

14-yanvar O’zbekiston Respublikasining suvereniteti, xududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari – Vatan himoyachilari kuni   va O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi. Vatan himoyachilari kunini nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda armiya saflarida o’z burchini o’tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayrami, deb qabul qilingan. Mazkur bayram arafasida yurtimizdagi barcha tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalarida tadbirlar tashkil etib boriladi.

2020-yil 9-yanvar kuni Toshkent farmatsevtika institutining katta faollar zalida Sankt-Peterburg davlat kimyo farmatsevtika universiteti bilan  ochilgan qo’shma fakultet tomonidan “Milliy armiya – xalqimiz ishonchi, Vatanimiz qudratidir” mavzusida ma’naviy ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirni ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri K.Ismailov kirish so’zi bilan ochib berdi. O’zbekiston Respublikasi qurolli kuchlar akademiyasi  podpolkovnigi Z.F.Orziyev mavzu yuzasidan talabalarga ma’lumotlar berdi.

Tadbir ijtimoiy fanlar kafedrasi, farmatsiya va kasbiy ta’lim yo’nalishlari bilan  hamkorligida tashkil etildi.

                          

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova