Tillar kafedrasi tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida “Avlodlarga munosib voris bo‘laylik” mavzusida suhbat tashkil etildi

09.01.2020, 11:53 Tadbirlar 1926

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2019-yil 7-noyabrdagi 25445-xh-sonli topshiriq xati bilan yuborilgan namunaviy “Yo‘l xarita”lari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 11-noyabrdagi 1043-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2020-yil 9-yanvar kuni institut Tillar kafedrasi tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida “Avlodlarga munosib voris bo‘laylik” mavzusida suhbat tashkil etildi. Suhbat jarayonida Tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Ashurova Nigora Xayitovna talabalar o‘rtasida milliy qadriyatlarimiz, an’analarimiz va urf-odatlarimiz hamda o‘zbek mumtoz adabiyoti namoyondalari bo‘lgan Alisher Navoiy ijodi, ilmiy asarlari va lirikasining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbir jarayonida talabalar tomonidan  Alisher Navoiy ijodidan va lirikasidan namunalar keltirildi.

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova