Institut professor-o‘qituvchilari uchun talabalar qishki ta’tili davrida o‘quv-uslubiy seminar, tadbirlar tashkil etilmoqda

23.12.2019, 13:41 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1975

Institut professor-o‘qituvchilari uchun talabalar qishki ta’tili davrida o‘quv-uslubiy seminar, tadbirlar tashkil etilmoqda.

2019-yil  23-dekabr kuni institut katta faollar zalida rahbar xodimlar, barcha professor-o‘qituvchilar, bo‘lim boshliqlari ishtirokida seminarning ilk kuni o‘tkazildi. Seminarning ro‘yxatga olish qismi  soat 09:30 dan 10:00 ga qadar davom etdi.

Tadbirni institut rektori I.I.Alimdjanov kirish so‘zi bilan ochib berdi va tashkil etilgan seminarning maqsadi va mazmuni bilan tanishtirdi.

«Intellektual mulk ob’ektlari va ularni himoyalash  jarayoni» mavzusida  Innovatsion rivojlanish vazirligi, davlat siyosati, fan va texnologiyalar, rivojlanishni  tahlil qilish va prognozlashtirish bo‘lim boshlig‘i S.A.Karimovaning ma’ruzasi tinglandi.

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining modul-kredit  bo‘limi boshlig‘i   F. Alisherov «Modul-kredit tizimini  joriy etish» mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

«Yoshlarni milliy qadriyatlar an’analarimiz ruhida tarbiyalashda institut Xotin-qizlar qo‘mitasining o‘rni» mavzusida  Xotin-qo‘mitasi raisi B.X.Boltaeva, Fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi v/b professori tf.f.n. S.Ya.Inog‘omov «Dori vositalarni tahlil qilish usullarini takomillashtirish» mavzusidagi ma’ruzasi bilan qatnashdi.

           

Institut  matbuot kotibi N.L.Usmanova