“Biotexnologiya” kafedrasida “Gen muhandisligi” fanidan Sanoat farmatsiyasi fakulteti 3-bosqich talabalari bilan kafedra filialida ko‘chma sikl tashkillashtirildi
Sanoat farmatsiya fakulteti “Biotexnologiya” kafedrasi dotsenti R.B. Norboboyeva hamda kafedra o’qituvchisi D.Q. Nurmuhamedovalar “Genomika va bioinformatika ilmiy markazi”da “Biotexnologiya” 3-bosqich talabalari bilan “Gen muhandisligi” fanidan ko’chma siklda bo’ldilar. Ilmiy markazda talabalar DNK ajratib olish, uni tozalash va PZR amplifikatori yordamida ularni tahlil qilish usullari bilan yaqindan tanishdilar. Jarayonlar to‘g‘risida amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Biotexnologiya kafedrasi