O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya targ‘iboti oyligi” doirasida «Toksikologik kimyo» kafedrasida uchrashuv tashkil etildi

17.12.2019, 11:25 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1619

Toksikologik kimyo kafedrasi tomonidan 2019-yil 12-dekabr kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti, yuridik fanlari nomzodi G.A.Xudayberganova ishtirokida Farmatsiya fakulteti 4-bosqich talabalariga “O‘zbekistonda saylov qonunchiligi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Saylov qonunchiligidagi yangiliklarni muntazam o‘zlashtirib borish maqsadga muvofiqdir. Shu nuqtai nazardan tadbirda aholining keng qatlamlari, xususan, xotin-qizlar, yoshlar, ayniqsa, birinchi marta ovoz beradigan fuqarolar, nuroniylar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, xarbiy xizmatchilar, mehnat jamoalari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari o‘rtasida, ularning saylov jarayonida faolligini oshirish, siyosiy bilim darajasini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini olib borish haqida so‘z yuritildi. Talabalar saylov jarayoniga bog‘liq bo‘lgan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

     

     

Toksikologik kimyo kafedrasi