Toshkent farmasevtika instituti “Noorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi” 2019-yil 12-dekabr katta faollar zalida “Ogahiy ijodida yoshlar ta’lim-tarbiyasining yoritilishi” va “Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish” mavzularida kafedra kuni o‘tkazildi.

16.12.2019, 11:42 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2022

Tadbir zamonamizning ko‘zga ko‘ringan shoir va yozuvchilari, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining a’zolari –  Axtamqul Karim va Shodmonqul Salom ishtirokida o‘tdi. Tadbirni institutning O‘quv va tarbiyaviy ishlari bo‘yicha prorektori, prof. Z.A.Yuldashev ochib berdi. So‘ngra shoirlar  Axtamqul Karim va Shodmonqul Salom Ogahiy g‘azallari, tuyuqlaridan, yozuvchilar hayoti, she’riyat, kitobni sevish va uni mutolaa qilish madaniyati haqida gapirib, o‘zlarining ijod namunalaridan keltirib o‘tishdi.

Tadbir so‘ngida professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berib, qizg‘in munozarali savol-javobda qatnashishdi.