KONSTITUTSIYA – BAXTIMIZ QOMUSIDIR!
Bugun yurtimiz, Respublikamizning barcha axolisi buyuk bayram – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligini nishonlamoqda.
Konstitutsiya – xalqimiz xohish-irodasi, ruhiyati, ijtimoiy ongi va madaniyatini o’zida jamlagan hamda elimiz tafakkuri va ijodining mahsuli bo’lgan ASOSIY QONUNDIR!
Konstitutsiyamiz asosida mamlakatimizda milliy qonunchilik tizimi, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllandi. Bugungi kunda barcha jabhalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyatimiz yuksalib, fuqarolarimizning dunyoqarashi tobora o‘sib bormoqda. Bularning barchasi, eng avvalo, Bosh qomusimizning hayotbaxsh kuch-qudrati natijasidir.
Hech shubhasiz, oradan yillar, asrlar o‘tadi, lekin xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi bo‘lgan Konstitutsiyamiz yangi-yangi avlodlar uchun hayot qomusi, davrning o‘zi o‘rtaga qo‘yadigan dolzarb muammolarni yechish yo‘lida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Siz, azizlarni Konstitutsiyamizning qutlug‘ bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo’lidagi sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar yor bo’lishini tilayman!
Fayzli xonadoningizni barakot, baxt, omad aslo tark etmasin.
Ehtirom bilan, Toshkent farmatsevtika instituti rektori I. I. Alimdjanov