“Konstitutsiya targ‘iboti oyligi”

09.12.2019, 16:55 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 1894

2019-yil  7-dekabr kuni saot 12-00 da institut katta faollar zalida institut talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya targ‘iboti oyligi” doirasida “Saylovlarni o‘tkazishda jahon tajribasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o’tdi. Tadbirni kafedra mudiri K.K.Shadmonov ochib berib, bugungi o‘tkazilayotgan tadbirni mohiyati va dolzarbligi yuzasidan to’xtalib o’tdi.

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim mudiri Nasimjon Xoshimovich Alimov so‘zga chiqib Konstitutsiyasining 27 yilligi, qomusimiz qabul qilingan kun bilan barcha institut jamoasini tabrikladi.

Sherzod Erkinovich Ziyoev o’z nutqida mamlakatimizda mustaqillik yillarida siyosiy, davlat va huquqiy tizim bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinishi samarasida yuksak demokratik talablarga mos milliy saylov tizimi yaratilganligi, fuqarolarning shu asnoda davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi to‘liq ta’minlanlanib borayotganini ta’kidladi.

Davra suhbati ochiq va amaliy muloqot ruhida o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga” muvofiq O‘zbekistonda izchil amalga oshirilayotgan, jumladan, saylov erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini takomillashtirish borasida hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar haqida yakdil fikr bildirdilar.

           

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova