Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasining talabalar turar joyiga tashrifi
2 – dekabr kuni Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi xodimlari birgalikda talabalar turar joyiga tashrif buyurdilar. Xonalar ko’zdan kechirildi, sanitar-gigiyenik holati o’rganildi. Ba’zi xonalarda tartibsizliklar aniqlandi va bartaraf etildi.
Tashrif jarayonida talabalarning darslarga o‘z vaqtida borishi, kundalik o‘zlashtirishni yaxshilash va darslarni qoldirmaslik TTJ va institut ichki tartib intizomiga bo‘ysunish, talabalar haqidagi ma’lumotlarni to‘ldirish asosida tushuntirish ishlari ham olib borildi.
Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi