“Milliy saylov qonunchiligining mazmun-mohiyati hamda ahamiyati” mavzusida seminar o‘tkazildi.

28.11.2019, 16:13 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1953

O‘zbekiston Respublkasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019-yil 25-noyabrdagi 8-8-8/1870-sonli Ko‘rsatma xatining ijrosi yuzasidan Toshkent farmasevtika instituti, Farmatsiya fakultetining I-bosqich talabalariga Ijtimoiy fanlar kafedrasining mudiri, dotsent K.K.Ismailov va Monitoring va ichki nazorat bo‘limi uslubchisi-Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi X.I.Abduraxmonovlar tomonidan “Milliy saylov qonunchiligining mazmun-mohiyati hamda ahamiyati” mavzusida 2019-yil 27-noyabr kuni seminar o‘tkazildi.

 

Ijtimoiy fanlar kafedrasining mudiri, dotsent K.K.Ismailov so‘zga chiqib, Deputatlikka nomzod o‘z saylovoldi dasturini ishlab chiqar ekan, bu bilan u o‘zining fuqarolik va siyosiy yo‘li hamda nuqtai nazarini belgilab oladi. Nomzod saylovchilar oldida, agar unga yuksak ishonch bildirilsa, ya’ni deputatlikka saylansa, nimaga intilishini, qanday maqsadlarga erishishini bayon etadi. U shuningdek, belgilangan maqsadlarni qaysi yo‘llar bilan amalga oshirmoqchi ekanligini asoslab beradi. Bunda O‘zbekiston Konstitutsiyasi, Saylov to‘g‘risidagi Kodeksda davlat vakillik hokimiyatining ushbu organlar vakolatlari belgilab berilgan me’yorlarga  qat’iy rioya etishi zarur. Saylovoldi dastur deputatlikka nomzodning maqsadlari va muammolarga asosiy yondashuvlari uni nomzod qilib ko‘rsatgan partiyaning yondashuvlariga muvofiqligini ko‘rsatishi bilan ahamiyatlidir. Deputatlikka nomzod partiya kengashlari va uning boshlang‘ich tashkilotlari, o‘zining ishonchli vakillari, jamoasi a’zolari yordamida shunday hayotiy masalalarni belgilab olishi kerakki, toki aholi farovonligi va madaniyatini oshirish, barqarorlik va totuvlikni saqlab qolish ko‘p jihatdan ularning hal etilishiga bog‘liq bo‘ladigan deb bir necha misollar keltirib o‘tdi.

     

    Ijtimoiy fanlar kafedrasi