Tillar kafedrasi tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida “Yoshlar o‘rtasida o‘zaro hamdo‘stlik fazilatlarini qaror toptirishda psixologik qarashlari” mavzusida trening tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son qarori hamda davlat rahbari tomonidan 2019-yil 23-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, yangi o‘quv yilini munosib kutib olishni ta’minlash, shuningdek, institut talabalarini kundalik axborotlardan xabardor etib borishga qaratilgan “Axborot va murabbiylik soati”, “Ma’naviyat soati” mashg‘ulotlarining ta’sirchanligi va samaradorligini yanada oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 24-avgustdagi 767-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-yil 16-noyabr kuni institut talabalari o‘rtasida psixolog Axrorova Komila Boyburievna, Tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi S.Shukurdjanova, o‘qituvchi G.Maxmudbekova ishtirokida talabalar o‘rtasida “Yoshlar o‘rtasida o‘zaro hamdo‘stlik fazilatlarini qaror toptirishda psixologik qarashlari” mavzusida trening tashkil etildi. Tadbirda sanaot farmatsiyasi fakulteti 107-guruh talabalari o‘rtasida tashkil etilib, tadbir jarayonida talabalar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni o‘rnatish, ularning qizqishlari, bo‘sh vaqtlarining mazmunli tashkil etishlari, intilishlari bilan yaqindan tanishildi. Tadbir so‘ngida institut psixologi tomonidan talabalar o‘rtasida tavsiyalar berildi.
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi