Toshkent farmatsevtika instituti va Jiangxi Xitoy xalq tabobati universiteti o’rtasida yana bir kelishuv amalga oshirildi
Bugungi kunda Toshkent farmatsevtika institutida ko’plab chet davlatlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalari o’rnatilmoqda. Jumladan 2019-yil 18-noyabr kuni Xitoy xalq Respublikasining “Jiangxi Xitoy xalq tabobati universiteti” delegatsiyasining Toshkent farmatsevtika institutiga tashrifi amalga oshirildi. Unda ikki davlat oliy ta’lim muassasi o’rtasida o’zgarishi hamkorlik aloqalari yuzasidan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda Toshkent farmatsevtika instituti rektori I.I.Alimdjanov, o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha prorektor Z.A.Yuldashev, ilmiy va innovatsion sohalar bo’yicha prorektor N.S.Normaxamatov va boshqalar qatnashdilar.Muzokara davomida o’zaro 10 dan ortiq obektlarni ishlab chiqarish haqida kelishib olindi.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova