“Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar” nomli xalqaro Respublika ilmiy-amaliy anjumanning yakuniy qismi bo’lib o’tdi

16.11.2019, 16:15 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1793

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 5 noyabrdagi 8n-4/375-sonli xatiga muvofiq 2019 yil 15- noyabr kuni Toshkent farmatsevtika institutida  “Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar” nomli xalqaro Respublika ilmiy-amaliy anjumanning ikkinchi kuni bo’lib o’tdi. Unda tashrif buyurgan mehmonlar o’zlariga biriktirilgan seksiyalarda ma’ruza o’qidilar. Shuningdek chet davlatlar bilan o’zaro hamkorlik, akademik  almashinuv, farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish yuzasidan kelishuvlar  amalga oshirildi memorandumlar imzolandi . Anjuman so’ngida qatnashchilarga institut rektori tomonidan sertifikat va  estalik sovg’alari topshirildi.

                                     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova