“Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar” nomli xalqaro Respublika ilmiy-amaliy anjumanning yakuniy qismi bo’lib o’tdi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 5 noyabrdagi 8n-4/375-sonli xatiga muvofiq 2019 yil 15- noyabr kuni Toshkent farmatsevtika institutida “Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar” nomli xalqaro Respublika ilmiy-amaliy anjumanning ikkinchi kuni bo’lib o’tdi. Unda tashrif buyurgan mehmonlar o’zlariga biriktirilgan seksiyalarda ma’ruza o’qidilar. Shuningdek chet davlatlar bilan o’zaro hamkorlik, akademik almashinuv, farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish yuzasidan kelishuvlar amalga oshirildi memorandumlar imzolandi . Anjuman so’ngida qatnashchilarga institut rektori tomonidan sertifikat va estalik sovg’alari topshirildi.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova