Sanoat farmatsiya fakulteti tibbiy va biologik fanlar kafedrasida “Xazmlanish. Ingichka va yoʼgʼon ichak tuzilishi va vazifalari. Jigarda detoksikatsiya va regeneratsiya jarayonlari. Gepatoprotektorlar ularning taʼsir mexanizmi” mavzusi boʼyicha ochiq integral maʼruza o`tkazildi

09.11.2019, 16:53 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2039

2019-yil 01-noyabr kuni tibbiy va biologik fanlar kafedrasida fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan fan boʼyicha “Xazmlanish. Ingichka va yoʼgʼon ichak tuzilishi va vazifalari. Jigarda detoksikatsiya va regeneratsiya jarayonlari. Gepatoprotektorlar ularning taʼsir mexanizmi” mavzusida ochiq integral maʼruza oʼtkazildi. Ochiq integral maʼruza kafedra dotsenti Rasulova V.B. va farmatsiya va klinik farmatsiya kafedrasi dotsenti Fayzieva Z.Т. bilan birgalikda oʼtkazildi. Maʼruzada farmatsiya fakultetining 1-bosqich 2-oqim talabalari va tibbiy va biologik fanlar kafedrasi oʼqituvchilari qatnashdilar. Maʼruza davomida V.B. Rasulova tomonidan organizmda xazmlanish jarayoniga taʼrif bergan holda ingichka ichakning morfologik tuzilishi va funktsional xususiyatlari boʼyicha maʼlumotlar berildi. Maʼruzaning ikkinchi qismida jigar kasalliklarining sabablarini taʼriflash borasida farmatsiya va klinik farmatsiya kafedrasi dotsenti Fayzieva Z.Т. soʼzga chiqib, maʼruzani davom ettirdi. Dotsent Fayzieva Z.Т. gepatoprotektorlar va ularni taʼsir mexanizmi toʼgʼrisida qiziqarli maʼlumotlarni berib oʼtdilar. Ochiq integral maʼruzaning yakunida talabalar tomonidan jigardagi detoksikatsiya va regeneratsiya jarayonlari, ingichka va yoʼgʼon ichak kasalliklarini dorivor vositalar bilan davolash boʼyicha berilgan bir nechta savollariga toʼliq javoblar olindi.

      

Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi