Institut tibbiy va biologik fanlar kafedrasida faoliyat yuritayotgan murabbiylar faoliyati o‘rganib chiqildi

08.11.2019, 15:27 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1887

 Institut  tibbiy va biologik fanlar kafedrasida faoliyat yuritayotgan murabbiylarning rasmiy hujjatlari tekshirildi. Tekshirish jarayoni institut rektorining 2019 yil sentabrdagi “Institut guruh murabbiylari faoliyatini sifatli tarzda rasmiylashtirish mexanizimini joriy etish to‘g‘risida”gi buyrug‘ida belgilangan topshiriqlar hamda rasmiy hujjatlarning yuritilishi, ish sifati va talabalar o‘rtasida amalga oshirilayotgan amaliy ishlarning qayd etilishi yuzasidan monitoring qilindi. Shuningdek, buyruqda berilgan namuna asosida murabbiylar o‘z rasmiy hujjatlarini yuritishlari va talabalar o‘rtasida amalga oshirilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining natijadorligi ko‘rib chiqildi. Tekshirish natijalariga ko‘ra aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli ko‘rsatma va takliflar berildi. Monitoring ishlarini yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova hamda “Murabbiylar” kengashi raisi N.S.Salimsakova hamda sanoat farmatsiyasi fakulteti katta murabbiysi Sh.Matyusupovalar olib bordi.

    

Yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

 boshlig‘i N.X.Ashurova

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova