Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasining magistratura talabalarining ilmiy-tadqiqot amaliyotini o‘tash haqida (Dori turlari texnologiyasi kafedrasida)
Toshkent farmatsevtika instituti bilan Janubiy Qozog‘iston Tibbiyot akademiyasi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi asosida mazkur akademiyaning 2019-yil 30-oktabrdan 8-noyabrgacha ilmiy tadqiqot amaliyotini o‘tash uchun qabul qilingan 2-bosqich 6M110400-Farmatsiya mutaxassisligining 10 nafar magistrantlari ”Dori turlari texnologiyasi” kafedrasi faoliyati bilan tanishishdi. Suhbat davomida Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasining magistrantlari o‘zlarining olib borayotgan ilmiy – tadqiqot ishlari bo‘yicha ma’lumotlar berishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Janubiy Qozog‘iston Tibbiyot akademiyasining magistrantlari O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti tajriba-texnologiya laboratoriya va GMP rusumidagi ilmiy –texnologik markazining faoliyati bilan ham tanishishdi. Ushbu institutning tajriba-texnologiya laboratoriyaning mudiri katta ilmiy xodim t.f.d Sotimov G.B. va katta ilmiy xodim,t.f.n M.A. Mamatxanovalar batafsil markaz va laboratoriya haqida ma’lumotlar berishdi.
DTT kafedrasi