Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasining magistratura  talabalarining ilmiy-tadqiqot amaliyotini  o‘tash haqida (Dori turlari texnologiyasi kafedrasida)

07.11.2019, 15:25 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1922

Toshkent farmatsevtika instituti bilan Janubiy Qozog‘iston Tibbiyot  akademiyasi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi asosida  mazkur akademiyaning 2019-yil 30-oktabrdan  8-noyabrgacha ilmiy tadqiqot amaliyotini o‘tash uchun qabul qilingan 2-bosqich 6M110400-Farmatsiya mutaxassisligining 10 nafar  magistrantlari ”Dori turlari texnologiyasi” kafedrasi faoliyati bilan tanishishdi. Suhbat davomida Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasining magistrantlari o‘zlarining olib borayotgan ilmiy – tadqiqot ishlari  bo‘yicha ma’lumotlar berishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

     

     

     

Janubiy Qozog‘iston Tibbiyot akademiyasining magistrantlari  O‘zR FA  O‘simlik moddalari kimyosi instituti tajriba-texnologiya laboratoriya va GMP rusumidagi ilmiy –texnologik markazining  faoliyati bilan  ham tanishishdi. Ushbu institutning tajriba-texnologiya laboratoriyaning mudiri katta ilmiy  xodim t.f.d Sotimov G.B. va  katta ilmiy xodim,t.f.n M.A. Mamatxanovalar batafsil  markaz va laboratoriya haqida ma’lumotlar berishdi.

     

     

DTT kafedrasi