Institutda yangi talabalar turar joyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

26.10.2019, 15:51 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2796

Davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan yosh avlodni jismonan va ruhan sog‘lom, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni kelajagimizning munosib vorislari etib voyaga yetkazishga ko‘maklashishdan iborat ekan, bu borada yurtimizda ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, yoshlarning bilim olishi va kasb tanlash borasidagi huquq va imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida oliy o‘quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari, sport inshootlari zamon talablari darajasida bunyod etilib, yetarli shart-sharoitlar bilan to‘liq ta’minlanmoqda. Biz so‘z yuritmoqchi bo‘lgan Toshkent farmatsevtika institutida ham so‘ngi 2 yil davomida bunyodkorlik, obodonlashtirish va o‘quv binolarida qayta ta’mirlash ishlari olib borildi. Toshkent farmatsevtika institutida  qisqa muddatlarda moddiy-texnik bazasining zamonaviy qiyofa kasb etgani, o‘quv binolari hamda talabalar turar joylarida olib borilgan qayta ta’mirlash ishlarining barchasi yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qaratilgandir. 2019-yil 21-iyuldan Toshkent farmatsevtika institutida ulkan rekonstruksiya ishlari boshlab yuborildi. Mazkur uch yarim oy ichida ta’mirtalab binolar yangi zamonaviy qiyofa kasb etdi. Moddiy-texnik bazalar yangilandi. Talabalar uchun qulaylik yaratish maqsadida ochiq maydon, WIFI zona, o‘quv amaliyot kompleksi  ham barpo etildi. Shu o‘rinda talabalarni turar joy bilan ta’minlashga ham institut rahbariyati tomonidan alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib 2019 yil 26 oktabr kuni institut hududida yangi ta’mirdan chiqqan, 350 nafar talabaga mo‘ljallangan talabalar turar joyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

     

Marosimda Prezident davlat maslahatchilari hamda Sog‘liqni saqlash Vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligidan mehmonlar taklif etilib, yuqori saviyada ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirni institut rektori I.I.Alimdjanov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shuningdek tadbirda o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor Z.A.Yuldashev, farmatsevtik kimyo kafedrasi professori Q.A.Ubaydullaev ham so‘zga chiqdilar.

     

     

     

     

Tadbir davomida yangi talabalar turar joyini zamonaviy qiyoga keltirishda mexnat qilgan tashkilot vakillari institut rektori I.I.Alimdjanov tomonidan sovg’alar bilan taqdirlandilar.

     

     

Talabalar turar joyida barcha qulayliklar mavjud bo’lib, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus xonasi o‘rin olgan. Talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida kutubxona, san’at xonasi, kompyuter xonasi va xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash xonalari mavjuddir. Yangi binoning har bir qavatida talabalar uchun oshxona,yuvinish xonasi va zamonaviy kir yuvish mashinasi bilan ta’minlangan xonalar mavjuddir.

     

     

     

     

     

Institutda olib borilayotgan tadbirlarda OAV vakillari ham muntazam qatnashmoqdalar. 2019- yil 26-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan yangi TTJ ochilish marosimini  “O‘zbekiston 24”, “MY5″ telekanallari ,”Xalq so’zi” gazetasi, “UZA”,”Edu.uz” va “VUZ 24” internet saytlari orqali  yoritiladi.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova