Toshkent Farmatsevtika instituti “Dori turlari tеxnologiyasi” kafеdrasi va 2 Respublika tibbiyot kolleji bilan hamkorlik ishlari davom ettirilmoqda.

16.10.2019, 16:52 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2006

“Dori turlari tеxnologiyasi” kafеdrasi va 2-Rеspublika tibbiyot kollеji o’rtasida tuzilgan o’zaro hamkorlik shartnomasiga binoan 2019-yil 15-oktyabr kuni kafedra katta o’qituvchisi  N.Sh.Radjapova kollejning farmatsiya bo’limi 310-guruh o’quvchilariga “Surtma dorilar, umumiy va xususiy tayyorlash texnologiyasi. Gomogen va geterogen surtma dorilar tayyorlash” mavzusida amaliy mashg’ulot o’tkazdi. Mashg’ulotda yangi pedagogik texnologiyalar va axborot kommunikatsiya  vositalaridan keng foydalanildi. Talabalar o’rtasida kasbga yo’naltirish yuzasidan savol javoblar o’tkazildi.