Toshkent Farmatsevtika instituti “Dori turlari texnologiyasi” kafedrasi va Olmazor tibbiyot kolleji bilan hamkorlik ishlari davom ettirilmoqda
Olmazor tibbiyot kollejining Toshkent farmatsevtika instituti bilan o‘zaro hamkorlik faoliyati reja asosida olib borilmoqda. 14.10.2019-yilda institutning “Dori turlari texnologiyasi” kafedrasi katta o’qituvchisi N.X.Aripova tomonidan tibbiyot kollejining “Farmatsiya” yo‘nalishi 3-bosqich 322 – guruh o‘quvchilariga “Steril dori turlari. Steril dori turlari va aseptik sharoitda tayyorlanadigan dori shakllari” mavzusida laboratoriya mashg‘ulotini o‘tkazdi.