Toshkent Farmatsevtika instituti “Dori turlari texnologiyasi” kafedrasi va Olmazor tibbiyot kolleji bilan hamkorlik ishlari davom ettirilmoqda

14.10.2019, 15:20 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1790

Olmazor  tibbiyot kollejining Toshkent farmatsevtika instituti bilan o‘zaro hamkorlik faoliyati reja asosida olib borilmoqda.  14.10.2019-yilda  institutning “Dori turlari texnologiyasi” kafedrasi katta o’qituvchisi N.X.Aripova tomonidan   tibbiyot kollejining  “Farmatsiya” yo‘nalishi  3-bosqich  322 – guruh  o‘quvchilariga “Steril dori turlari. Steril dori turlari va aseptik sharoitda tayyorlanadigan dori shakllari” mavzusida laboratoriya mashg‘ulotini o‘tkazdi.