5 ta tashabbus amalda

04.10.2019, 16:51 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2557

T5 ta tashabbus amalda

Toshkent farmatsevtika institutida  Yoshlarning kundalik hayotini foydali mazmun bilan to‘ldirishga qaratilgan Sirdaryo viloyati tajribasini keng joriy etish maqsadidaYoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini  mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusijrosini ta’minlash maqsadida institut miqyosida ko‘rgazma hamda ma’naviyma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda 5 ta muhim tashabbusning har bir yo‘nalishi bo‘yicha talabalar o‘rtasida turli musobaqalar, tanlovlar olib borildi.

Tashabbusning 1-yo‘nalishi: Talabalarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish maqsadida bir was tor amaliy ishlar olib borildi. Jumladan, institut teatrstudiyasi a’zolari o‘rtasida O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova ishtirokidaSan’atga oshufta qalblarmavzusida suhbat tashkil etildi.

Musiqa san’atiga qiziqishi baland yoshlar tomonidan vatanparvarlik mavzularidagi qo‘shiqlar kuylandi.Rassomchilik san’atiga qiziqishi baland yoshlar o’rtasida Ranglar bag‘ridagi Vatan mavzusida tanlov o‘tkazildi. Mazkur jarayonda Kamoliddin

Bexzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn institutining bir guruh iqtidorli talabalarining ishtirok etishi institut talabalarida juda katta taassurot uyg‘otdi.

  Tashabbusning 2yo‘nalishi: Talabalarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish borasida institut sport zalida talabalar o‘rtasida shaxmat, shashka, voleybol, stol tenisi, armlesting turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Ayniqsa boks bo‘yicha jahon chempioni Jahongir Jalolov hamda Olimpiada musobaqasida bronza medali sohibi Murodjon Axmadalievning ishtirok etishi va ular o‘rtasida olib borilgan suhbat talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Tashabbusning 3-yo‘nalishi: Talabalar o‘rtasida Kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha institut talabalar turar joyida tashkil etilgan kompyuter xonasida iqtidorli talabalar o‘rtasidaKompyuter savodxonligimavzusida soha mutaxassislari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Tashabbusning 4-yo‘nalishi: Talabalar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish borasida institut hududidaYangi avlodnashriyoti xodimlari tomonidan yarmarka tashkil qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning ishtirok etishi va institutning eng iqtidorli talabalariga 100 dan ortiq badiiy kitoblarning topshirilishi katta shodiyonaga aylanib ketdi.

Tashabbusning 5-yo‘nalishi: Xotinqizlarni ish bilan ta’minlash hamda talabaqizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida institut qoshida tashkil etilganPazandalik sirlari”, “Karvin”, “To‘quvchilikto‘garagi a’zolari tomonidan yaratilgan asarlar, taomlar namoyish etildi hamda talabaqizlar tomonidan milliy liboslar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Shuningdek, milliy qadriyatlarimiz, urfodatlarimizni targ‘ib etish maqsadida institutning 16 ta kafedralari har bir viloyatning milliy urfodatlari hamda milliy taomlari bo‘yicha ko‘rgazma tashkil qildi. Mazkur ko‘rgazmada faol ishtirok etgan kafedra jamoasiga rahbariyat tomonidan fahriy yorliqlar taqdim etildi.