Toshkent farmatsevtika instituti rektorining bayram tabrigi
Toshkent farmatsevtika instituti rektoritabrigi
Dunyoda shunday insonlar bo‘ladiki, ular hardoim el ardog‘ida, hurmat e’tiborida bo‘lishadi. Bu kabi insonlar kelajak avlod ta’lim–tarbiyasiga mas’uldirlar. Biz so‘z yuritayotgan kasb egasiga berilgan ta’rifdan anglagan bo‘lsangiz kerak. Ha ular ustozlarimizdir. Xalqimiz o‘rtasida “Ustoz otangdek ulug‘”, – deya ta’rif beriladi. Haqiqatda ustozlarimiz ota–onalarimizdek aziz vajonkuyar, mehribon va sevimlidirlar. Biror kasb egasiyo‘q–ki, ularning tarbiyasida bo‘lmagan, mehrbulog‘idan suv ichmagan. Dono xalqimiz bejizga“Ustoz ko‘rmagan, har maqomga yo‘rg‘alar”,- deyata’kidlaydi.
Ustoz deganda, har qaysi inson ko‘nglida chuqur hurmat–ehtirom, cheksiz minnatdorchilik tuyg‘ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o‘lchab, ado qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo‘ladi. Eng muhimi bunday zamonaviy bilim maskanlarida jonkuyarlik va fidoyilik ko‘rsatayotgan o‘qituvchi vamurabbiylarni moddiy va ma’naviy qo‘llab–quvvatlash, ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish bo‘yicha o‘ziga xos yangi tizim joriy etildi. Bu bejiz emas. Chunki ularning mehnati ana shunday yuksak e’tibor va e’zozga munosibdir.
Umumxalq bayrami – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan halol mehnati va ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun yurtimizdagi barchau ustoz va murabbiylarni institut jamoasi nomidan muborakbod etaman. Barchangizga sog‘liq, ulkan baxt, ilmiy–pedagogik faoliyatingizda zafarlar, barcha reja va orzu–umidlaringizni ro‘yobga chiqishini tilayman.
Sizlarga dunyodagi ezgu niyatlar ijobatligini, el e’tirofiga, e’zoziga munosib bo‘lish baxti tark etmasligini tilab, yaqinlaringiz va shogirdlaringiz baxtiga sog‘–salomat bo‘ling deymiz. Har doim elning nazarida, e’zozida bo‘lish baxti Sizlarni tark etmasin.
Toshkent farmatsevtika instituti
rektori, professor I.I.Alimdjanov