Suv hayot manbai
Suv hayot manbai
Tabiatda yaratilgan barcha ne’matlar juda mukammaldir. Ayniqsa suv! Biz kundalik hayotimizda erkin, muammosiz ishlatayotgan bu ne’mat – ajoyib bir mo‘jiza desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu ne’matdan har sohada tejamli foydalanish, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik har birimizning asosiy vazifamizdir. Aynan shu mavzuda 2019 yil 26-sentyabr kuni soat 15:00 da Toshkent farmatsevtika institutining katta faollar zalida “Suv hayot manbai” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirni o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha prorektor Z.A.Yo’ldoshev kirish so’zi bilan ochib berdi va tashrif buyurgan mehmonlar mavzu yuzasidan talabalarga ma’lumotlar va tavsiyalar berdilar. Tadbirda Toshkent shaxar bosh imom xatib o‘rinbosari Saxobiddin Satimov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Davsuvinspeksiya” markaziy apparati bosh mutaxassisi Shakirov Ilxom Islamovich, O‘zbek milliy drama teatri aktyori Hamid Toshpo’latovlar ishtirok etdilar. Tadbirda ommaviy axborot vositalaridan “Toshkent” telekanli muhbiri ishtiroki ta’minlandi.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova