Inson kamolotida ta’lim va tarbiyaning o‘rni

23.09.2019, 17:11 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1903

Inson kamolotida ta’lim va tarbiyaning o‘rni alohidadir. Shu bois hozirda o‘qituvchilar faoliyatiga alohida e’tibor bilan qaralmoqda. Ilm-fan va ta’lim-tarbiya sohasining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, uning nafaqat davr bilan hamohang bo‘lishini, balki zamondan oldinda yurishini ta’minlash, pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning ilg‘or usullaridan keng foydalanish, bu ishlarni xorijdagi nufuzli markazlar bilan hamkorlikda olib borish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, professor-o‘qituvchilarning mashaqqatli va mas’uliyatli mehnatini har taraflama rag‘batlantirish bilan bog‘liq vazifalarni amalga oshirish, qisqa qilib aytganda, hayotimizga katta kuch bo‘lib kirayotgan yangi avlodni kamol toptirish uchun davlatimiz tomonidan barcha imkoniyatlar  yaratilmoqda. Bu borada Toshkent farmatsevtika institutida ham qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. 2019-yil 23-sentyabr kuni institut rektori I.I.Alimdjanov tomonidan rahbar xodimlar va bo‘lim boshliqlari ishtirokida yig‘lish tashkil etildi. Majlis davomida o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor Z.A.Yuldashev, ilmiy va innovatsion sohalar bo‘yicha prorektor N.Normaxamatov, ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘lim boshlig‘i O.I.Xudoyberdiev, o‘quv bo‘limi boshlig‘i  N.Abzalovalar berilgan topshiriqlar yuzasidan xisobot taqdim etdilar. Shuningdek institut rektori I.I.Alimdjanov  yaqinlashib kelayotgan “Ustoz va murabbiylar” bayrami hamda 1-bosqich talabalarining  “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirini tashkil etish xususida  rahbar hodimlarga topshiriqlar berdi.

     

     

Institut matbuot  kotibi  N.L.Usmanova