“Toshkent-2019 Grand Pri JUDO” Xalqaro turniriga Toshkent farmatsevtika instituti talabalarining tashrifi

23.09.2019, 13:12 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1864

Bugungi kunda yurtimizda sportga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Davlatimiz tomonidan yoshlarni sport bilan muntazam shug’ullanishlari, ularni sport sohasida yurtimiz ravnaqini yanada yuksaltirishlari uchun o’z hissasini qo’shadigan vorislar qilib tarbiyalashda ko’plab imkoniyatlar  yaratilmoqda.

“Toshkent-2019 Grand Pri JUDO” Xalqaro turniri katta saviyada tashkil etildi. Mazkur turnir poytaxtimizdagi muhtasham “Humo arena” muz saroyida bo’lib, unga 2019-yil 21-22-sentyabr kunlari muxlis sifatida Toshkent farmatsevtika instituti talabalari ham tashrif buyurdilar. Turnir yuqori saviyada bo’lib o’tdi, qolaversa talabalarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdi.

     

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova