Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasida Sanoat farmatsiyasi 1-kurs 1-oqim talabalari bilan “Nika pharm” MChJ mutaxassisi ishlab chiqish bo‘yicha yetakchi texnolog Ermatov Ismoil Saidovich master klass o‘tkazdi.
Ushbu ma’ruzada DVST kafedrasi mudiri professor V.R.Xaydarov so‘zga chiqib 1-kurs talabalarini talabalikka qabul qilingani bilan tabriklab, ularga o‘qishlarida muvaffaqqiyatlar tiladilar va ushbu tadbirdan ular o‘zlariga kerakli xulosalar qilishligi zarurligini ta’kidladilar. Mutaxassis tomonidan talabalarga sanoatda ishlab chiqariladigan “Nika pharm” ishlab chiqarishi misolida qattiq dori shakllari va ularning turlari, dorilar tarkibida ishlatiladigan asosiy va yordamchi moddalar, ularning xususiyatlari haqida tushuncha berildi. Ma’ruzada ishlab chiqarish jarayonini yanada to‘liqroq ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqarish jarayoni aks etgan video lavhalar bilan ham namoyon qilindi. Dori vositalarining tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish, bosqichma bosqich tushuntirib berildi. Ma’ruza so‘ngida talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollariga javob oldilar. DVST kafedrasi mudiri professor V.R.Xaydarov va kafedra professor o‘qituvchilari ham qatnashishdi. Bu tadbir davomida talabalarni O‘zbekistonda farmatsevtika sanoati bilan yaqindan tanishish imkonini yanada oshirildi.