Ustozlarga ehtirom
O‘qituvchi, murabbiy, ustoz. Barchamizning qalbimizga yaqin bo‘lgan oddiygina bu so‘zlar zamirida kattta ma’no va mazmun mujassam. Zero, har qaysi inson o‘qituvchining qo‘lida savod chiqaradi, murabbiy va ustozdan ta’lim oladi, tarbiya topadi. Bugun biz biron kasbni egallab, Vatan va el koriga yarayotgan ekanmiz, avvalo, ulardan minnatdor bo‘lmog‘imiz tabiiy, albatta. Ustozlar shogirdlarga saboq berib, ularni to‘g‘ri yo’lga boshlaydilar. Shogirdlariga qalb qo‘rini beradilar. Bu ishda hatto jonlarini ham ayamaydilar. Ular bor ekan, mamlakat tarraqiy topadi, barkamol avlod unib–o‘saveradi. Mana shunday faxriy professor–o‘qituvchilarimizdan farmatsevtlar malakasini oshirish kafedrasi professori, farmatsevtika fanlari doktori Zaynutdinov Hikmatullo Sunnatovich va farmokognoziya kafedrasi mudiri professor O‘rmanova Flyura Faridovna ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Yig‘lishda professor-o‘qituvchilarimiz fanga bo‘lgan qiziqishlari, erishgan yutuqlari, bugungi kunga qadar yaratgan ixtirolari hamda milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizga sadoqatli vorislar bo‘lib kamolga yetishtirish xususida to‘xtalib talabalarga hayotda, ta’lim jarayonida foydali maslahatlarini berdilar.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova