Farmatsiya fakulteti 3-kurs talabalari bilan ochiq muloqot soati tashkil etildi

19.09.2019, 18:28 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2412

Yoshlarning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi uchun bugungi kunda yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida va Toshkent  farmatsevtika institutida ham zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik maʼnaviy barkamol boʻlsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shuncha kuchli boʻladi. Bu borada institutda talabalar o’rtasida kurs majlislari, ochiq muloqot soatlari tashkil etilmoqda. 2019-yil  19-sentyabr kuni institut katta faollar zalida soat 12:00 da farmatsiya fakulteti 3- bosqich talabalri o‘rtasida, O.I.Xudoyberdiev tomonidan ochiq muloqot tashkil etildi. Yig‘ilishda o’rtaga qo’yilgan masalalar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova