Dori turlari texnologiyasi kafedrasi va 2-Respublika tibbiyot kolleji bilan hamkorlik ishlari davom ettirilmoqda
2-Respublika tibbiyot kollejining Toshkent farmatsevtika instituti bilan o‘zaro hamkorlik faoliyati reja asosida olib borilmoqda. 18.09.2019 yilda institutning Dori turlari texnologiyasi kafedrasi assistenti M.A.Tashmuxamedova 2-Respublika tibbiyot kollejining “Farmatsiya” yo‘nalishi 3-bosqich 305 guruh o‘quvchilariga “Суспензии. Технология приготовления суспензий с применением гидрофобными и гидрофильными веществами” mavzusida laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazdi va unda mavzuga oid ko‘rgazmali materiallar, videorolik namoyish qilindi.
Kafedra mudiri, prof. Yo.S.Karieva