Institut psixologi tomonidan talabalar o‘rtasida seminar-trening tashkil qilindi
Joriy yilning 11 sentabr kuni institut psixologi M.I.Boymanova hamda farmatsiya fakulteti 3 kurs 306 A guruh talabalari o‘rtasida “Muloqot” mavzusida seminar – trening tashkil qilindi. Seminar-treningda talabalarning muloqotchanlik darajalari testlar orqali o‘rganildi. Metodikalar orqali talabalarda muloqotga kirishuvchanlik bilim va ko‘nikmalari xosil qilindi. Shuningdek, talabalarga psixolog tomonidan kerakli tavsiyalar berildi. Mazkur tadbirda talabalar faol ishtirok etdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildi va berilgan savollarga soha mutaxassisi javob berdi.