Yangi dori vositasi kashf qilindi
Jahonda diuretik dori vositalari asosan yurak-qon tomir patologiyalarida qo‘llaniladi. Shunday dori vositalar qatorida yana bir yangi dori vositasi yaratildi. 2019-yil 28-avgust kuni soat 12:00 da Toshkent farmatsevtika institutida A.Sultonov nomli O’zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy tekshirish institutining kichik ilmiy xodimi Xudoyberdiyev Olloqul Isoqovichning 15.00.01.–Dori texnologiyasi ixtisosligi bo’yicha farmatsevtika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan “Mahalliy dorivor o’simlik xomashyosi asosida diuretik “Ekustim” dori vositasini olish texnologiyasi” mavzusidagi dissertasiya himoyasi DSC.27.06.2017.FAR.32.01 raqamli ilmiy kengashi bo‘lib o‘tdi. Mazkur dori vositasining tarkibi 8 xil mahalliy dorivor o‘simlik xomashyosi: dala qirqbo‘g‘imi o‘ti, tukli erva o‘ti, yantoq o‘ti, yer bag‘rlagan temirtikan o‘ti, tubulg‘ibargli bo‘ymodaron o‘ti, bodring urug‘lari, makkajo‘hori popugi, qizilmiya ildizi quruq ekstraktlari kombinatsiyasidan tashkil topgan. Mazkur yaratilgan dori vositasi xalqimiz salomatligini yanada tiklashga yordam beradi.
Xudoyberdiyev Olloqul Isoqovichning PHD himoyasi bilan institut jamoasi nomidan tabriklaymiz va kelajakdagi ishlarida omad tilaymiz.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova