Institutda rekonstruktsiya ishlari davom etmoqda
Institutda rekonstruktsiya ishlari davom etmoqda
Institut hududida joylashgan avvalgi sanoat-farmatsiya binosi talabalar uchun turar joyga aylantirilishi rejalashtirilgan bo’lib, hozirda mazkur binoda rekonstruktsiya ishlari davom etmoqda. Bugungi kunga qadar binoda ko’plab ishlar amalga oshirildi. Jumladan, tom qisimlari yangidan ta’mirlandi. Binodagi eski eshik, deraza, romlar yangilandi. Shuningdek pol qisimlariga va xonalarga rang berish ishlari amalga oshirildi. Shu bilan bir qatorda binoning tashqi qismida ham ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova