Madraximov Shermuxammadi Nurullaevichning  “Farmatsevtika fanlari doktori (DSc)” ilmiy darajasini olish uchun  (DSc) himoyasi bo‘lib o‘tdi

24.07.2019, 16:24 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2329

So‘ngi yillarda tibbiyotda o‘simlik xom ashyolari asosida olingan dori vositalarining ulushi yildan yilga ortib bormoqda va bugungi kunga kelib 40% dan ko‘proqni tashkil qilgan. Buning asosiy sabablaridan ushbu preparatlarning organizmga yumshoq va kompleks ta’siri ko‘rsatishi, kam hollarda nojo‘ya ta’sirni namoyon qilishi hamda arzonligini keltirish mumkin. Shuning uchun dorivor o‘simlik xom ashyosidan olingan dori vositalar assortimentini kengaytirish farmasevtika sohasining katta ahamiyatga ega. Shu maqsadda 2019 yil 24 iyul kuni  Toshkent farmatsevtika instituti huzurida ilmiy darajalar beruvchi DSs.27.06.2017.far.32.01 raqamli ilmiy kengashda Madraximov Shermuxammadi Nurullaevichning  “Farmatsevtika fanlari doktori (DSc)” ilmiy darajasini olish uchun “Flanorin, ferulen, sinarozid, eksumid, katatsin va allergodaf substansiyalaridan tayyor dori shakllari texnologiyasini yaratish mavzusida”gi (DSc) himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Institut jamoasi nomidan Madraximov Shermuxammadi Nurullaevichni “Farmatsevtika fanlari doktori (DSc)” himoyasidan muvofaqiyatli o’tganliklari bilan samimiy muborakbod etamiz.

     

     

Institut  matbuot kotibi  N.L.Usmanova