Institutning 2-o’quv binosi qayta ta’mirlash jarayonida
Institutning 2-o‘quv binosi qayta ta’mirlash jarayonida
Institutning sanoat-farmatsiyasi fakulteti ya’ni 2-o’quv binosi ham institutning boshqa binolari singari qayta ta’mirlanmoqda. Dastlab ushbu binodagi mavjud kafedralar 1-o’quv binosi va akademik litseyga ko’chirildi. Hozirgi kunda sanoat-farmatsiyasi binosida ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan. Bino 4 qavatdan iborat bo’lib, tom qismi yangilanib, har bir qavat yo‘laklari va auditoriyalarda suvoq, rang berish ishlari amalga oshirilmoqda. Shu bilan bir qatorda eshiklar, oyna va romlarni yangilash rejalashtirilgan. Shuningdek ushbu bino hududida joylashgan oshxona ham qaytadan tamirlanadi. Elektr ta’minoti va sanuzellar, suv ta’minoti bilan ta’minlash qurilmalari ham tubdan yangilanishi rejalashtirilmoqda. Institutimizda bunday ulkan rekonstruktsiya ishlarini olib borishdan maqsad talaba yoshlarning ilm olish jarayonida yanada qulayliklar yaratishdir.
Intitut matbuot kotibi N.L.Usmanova