“Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

16.07.2019, 12:52 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2046

“Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus”ning 4-yo‘nalishi: Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan Chimyon amaliyot bazasida institut Farmatsiya fakulteti 3-kurs talabalari o‘rtasida 2019-yil 12-iyul kuni “Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish”, “Men sevgan asar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda “Uz.xabar” gazetasi muxbiri, oltin qalam sohibasi Barno Sultonova, “Oila va jamiyat” gazetasi muxbiri, shoira Nigora Raxmonova, institut professor-o‘qituvchilar va talabalarning ishtiroki ta’minlandi. Suhbat jarayonida ilmning bosh kaliti kitob ekanligi, kitob insonga eng yaqin do‘st ekanligi, inson ma’naviy dunyoqarashining kengayishida kioblarning o‘rni katta ekanligi xususida targ‘ibot ishlari olib borildi. Shuningdek, suhbat jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi va berilgan savollarga soha mutaxassislari javob berishdi. O‘tkazilgan tadbir talabalarda katta taassurot qoldirdi va tadbir tashkilotchisi DVS va SM kafedra dotsenti I.Iminova tadbir mehmonlariga o‘z minnatdorchiligini izhor qildi.

    

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i

Nigora Ashurova

Institut  matbuot kotibi 

N.L.Usmanova