Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universiteti bilan ochilgan qo‘shma fakultetga kirish imtihoni yakunlandi

10.07.2019, 16:07 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2337

Toshkent farmatsevtika instituti hamda Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universiteti bilan hamkorlikda ochilgan qo‘shma fakultetga kirish imtihoni yakunlandi.Qo‘shma fakultetga kirish imtihoni jarayonida ikki hamkor oliy ta’lim muassasalari rektorlari – I.A.Narkevich va I.I.Alimdjanov, Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universiteti xalqaro hamkorlik va xorijiy talabalar bilan ishlash bo’yicha prorektor Karasavidi Anton Olegovich qatnashdi.Shuningdek, imtihon jarayonini shaffof tarzda o‘tkazish uchun Toshkent shahar Mirobod tumani hokimiyati va Toshkent shahar Mirobod tumani prokuraturasi hodimlari,Toshkent Xalq deputatlar kengashidan kuzatuvchilar biriktirildi. Imtihon jarayoni “Madaniyat va ma’rifat”,”O‘zbekiston 24” telekanallari, “O‘zbekiston Milliy axborot agentligi”,“Yoshlar” radiosi orqali yoritilishi ko‘zlandi .

Imtihon javoblari 2019 yil 10 iyul kuni taqdim etilishi rejalashtirilmoqda.

     

     

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova