Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universiteti rektori  Narkevich  Igor Anatolevich tashrifi kutilmoqda

09.07.2019, 14:34 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2417

2018 yil oktyabr oyida tashkil etilgan Rossiya va O’zbekiston ta’lim forumida Toshkent farmatsevtika instituti hamda Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolangan. 2018 yil noyabr  oyida Toshkent farmatsevtika instituti rektori Alimdjanov Ibrohim Inamovichning Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika  universitetiga  tashrifi davomida qo’shma fakultet tashkil etish xususidagi qo’shimcha kelishuv  imzolandi. Ta’lim dasturi 3+2 algoritmi bo’yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 3 yil Toshkent  farmatsevtika institutida, 2 yil Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universitetida tahsil olib,2 davlat oliy ta’lim muassasalarining diplomini qo’lga kiritishlari kelishilgan. Dastlabki 3 yil ta’lim jarayoni davomida talabalar  malakaviy  amaliyotning  bir qismini Sankt-Peterburgda  o’tashlari  rejalashtirgan. Mazkur fakultetga hujjat topshirish jarayoni 2019 yil 5 iyulga qadar  davom etidi. Hujjat topshirgan  abiturientlar soni  145 dan ortdi. Kirish Imtihonlari test ko’rinishida  bo’lib, kimyo, biologiya, rus tili va adabiyoti fanlari bo’yicha amalga oshiriladi. Qo’shma fakultetga hujjat topshirgan abiturientlar rus tilini mukammal bilishlari kerak. 2019 yil  9 iyul kuni Sankt-Peterburg  davlat kimyo-farmatsevtika universiteti rektori I.A.Narkevichning  Toshkentga  tashrifi  kuzatilmoqda. 2019  yil 10 iyul kuni  qo’shma fakultetga kirish imtihonlari ikki  hamkor  oliy ta’lim muassasalari  rektorlari – I.A.Narkevich va I.I.Alimdjanov  ishtirokida  amalga oshiriladi.

Institut  matbuot kotibi  N.L.Usmanova