Qabulga tayyorgarlik ishlari boshlandi
Mamlakatimizni rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgan hozirgi sharoitda yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda, bilimli yoshlarning oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishini ta’minlash alohida ahamiyat kasb etadi. 2019/2020 o‘quv yilida Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari uchun Toshkent farmatsevtika institutida tayyorgarlik ishlari avjida. Bu borada 2019 – yil 14 – iyun kuni institut rektori Alimdjanov Ibrohim Inamovich abiturientlardan hujjat qabul qilish komissiyasi a’zolari ro‘yxatini shakillantirdi va qabul tartibi haqida ma’lumotlar berdi. Ya’ni qabul jarayoni ikki binoda amalga oshirilshi va qabul elektornlashtirilgan tarzda o‘tshi ta’kidlandi. Shuningdek qabulga oid ko‘plab masalalar xususida to‘xtalib o’tildi.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova