“Yagonasan, muqaddas Vatan!”

10.06.2019, 16:04 Yangiliklar 2893

Barchamiz uchun bir umr sevib, ardoqlab yashaydigan muqaddas makon bo‘lmish  O‘zbekistonimizni ulug‘lash, uni ko‘z qorachig‘idek asrash, sha’nu sharafini himoya qilish va yuksaltirish, shu oliy maqsad yo‘lida fido bo‘lib yashash kabi ezgu tuyg‘ularni unib-o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida kamol toptirish, Vatanga sadoqat, uning taqdiri uchun daxldorlik hissi bilan yo‘g‘rilgan mazmunan teran, badiiy yetuk qo‘shiqlar yaratishni rag‘batlantirish hamda ularni xalqimizning ma’naviy mulkiga aylantirish maqsadida “Yagonasan, muqaddas Vatan”Respublika ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 7 apreldagi “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-1091-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 apreldagi 364-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida  2019 yil 10 iyunda soat 10.00 da Toshkent  farmatsevtika instituti talabalarining ishtiroki ta’minlandi . Mazkur tanlov Toshkent Moliya institutida bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent farmatsevtika instituti  farmatsiya fakulteti 5-kurs talabasi Po‘latov Rustam qatnashdi hamda Faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

     

     

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova