Farmatsevtik  kimyo kafedra assistenti K.Sh. Muxitdinova “Izoallaksazin guruhiga kirgan dori moddalar tahlili” mavzusida ochiq laboratoriya mashg‘ulotini o‘tkazdi.

06.06.2019, 15:37 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2116

«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish Respublika ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlash, ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi, tarbiyachi, ishlab chiqarish ustalarining ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga bog‘liqdir. Zero, oliy va kasb-hunar ta’limi muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchi o‘qitish shakllarining optimal darajada tashkil etishni, barkamol shaxsni shakllantirish nazariyasini turli yangi g‘oyalar bilan boyitishni puxta bilishi lozim.

Farmatsevtik kimyo kafedra assistenti K.Sh.Muxitdinova 2019 yil 29 may kuni “Izoallaksazin guruhiga kirgan dori moddalar tahlili” mavzusida 3 kurs 305 V guruh talabalariga zamonaviy axbort va pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan xolda ochiq laboratoriya darsini o‘tdi.

     

Farmatsevtik kimyo kafedrasi jamoasi