Institut miqyosida “MA’NAVIYAT KUNI” tadbiri tashkil etildi

29.05.2019, 17:08 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2048

Institut talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yurtimizda bo‘layotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Mana shundan tadbirlardan biri 2019 yil 29 may kuni institut miqyosida “MA’NAVIYАT KUNI” tadbiri tashkil etildi. Tadbir maxsus ishlab chiqilgan reja asosida amalga oshirildi hamda akademik guruhlarda belgilangan mavzular doirasida davra suhbatlari, ochiq muloqotlar, uchrashuvlar, ma’ruzalar olib borildi. Mazkur suhbatda quyidagi mavzular doirasida targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi:  “Yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda ustozlarning o‘rni”, “Odob – axloq – inson ziynati” , “Odam savdosining oldini olish davr talabi”, “Hayr saxovat o‘zbeklarga xos fazilatdir”, “Jaholatga qarshi ma’rifat” “Yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda ustozlarning o‘rni”, 31 may “Xalqaro tamaki kuni” munosabati bilan “Tamakisiz hayot” kabi  mavzularda davra suhbatlari, uchrashuvlar, ma’ruzalar, ochiq muloqotlar tashkil etildi. Suhbat so‘ngida murabbiylar boshchiligida (reja asosida)shahrimizda joylashgan  Xumo arenasiga, mustaqillik yillarida barpo etilgan inshoatlarga, Yoshlar ijod saroyiga, Geologiya va institut muzeyiga, G‘.G‘ulom nomidagi istirohat bog‘iga Do‘stlik (avvalgi Bobur) nomidagi istirohat bog‘iga, Ashxabod bog‘iga, Anhor Lokomativ istirohat bog‘iga tashrif, Toshkent politexnika muzeylariga tashrif uyushtirildi.

     

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i