Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi professor-o’qituvchilari va Innovatsiya vazirligi huzuridagi Ilg’or texnologiyalar markazi xodimlari o’rtasidagi hamkorlik aloqalari
Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi profeesor o’qituvchilari professori To’laganov A.A va kafedra assistenti Ramazonova Kamola “Ilg’or texnologiyalar markazi”da Sanoat farmatsiya yo’nalishi 402 B guruh talabalariga “Dori vositalarini ishlab chiqarish validatsiyasi” fanidan labaratoriya mashg’ulotlarini olib bordi.
Ilm-fanga asoslangan texnologiyalarni tijoratlashtirish va trasnferi borasida tubdan yangi yondashish – Markazning asosiy xususiyati hisoblanadi. Markazning maqsadlari istiqbolli gʻoyalar va innovatsion ishlanmalarni shakllantirishga yordam berish, shuningdek, uskunalar va infratuzilmani almashish orqali yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni kompleks qoʻllab-quvvatlashdir. Markaz tadqiqot va innovatsiyalar sohasida yuqori standartlarni qoʻllashda yetakchilik qilishni maqsad qilgan. Mamlakatni innovatsion ekotizimini rivojlantirish va yangi “innovatsion fikrlovchi“ yoshlarni tayyorlashni, shu jumladan, fan sohasida gender tengligini qoʻllab-quvvatlashni taʼminlashda texnologik maydoncha boʻlib xizmat qiladi.
Markazining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
- fundamental, amaliy ilmiy tadqiqotlarni va ilgʻor texnologiyalar sohasida innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish;
- maqsadli ilmiy-texnik va innovatsiya dasturlarini amalga oshirish, ilmiy-tadqiqot va rivojlantirish tuzilmalarni tashkil etishga koʻmaklashish;
- ilm-fanga asoslangan texnologiyalarni va ilgʻor texnologiyalarni ishlab chiqish, modellashtirishda, maketlashtirishda,yangi innovatsion mahsulotlar tayyorlash va ularni sinovdan oʻtkazishda qatnashish; akademik, OTM va sanoat sohalarida ilm-fan bilan samarali hamkorlik qilish;
- yangi istiqbolli gʻoyalar va ishlanmalarni shakllantirishga koʻmaklashish;
- yoshlarning zamonaviy tadqiqot usullarini oʻrganishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ilmiy tajribaga axborot texnologiyalari imkoniyatlarini joriy etish, xalqaro ilmiy aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash.
Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi